Yagona portalda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va yuborish xizmati ishga tushirildi

Yagona portalda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va yuborish xizmati ishga tushirildi

Yagona portalda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda “Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va yuborish” yangi interaktiv xizmati yo‘lga qo‘yildi. Xizmat O‘zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi.

Uz24.uz xabariga ko‘ra, xizmat bepul ko‘rsatiladi. Elektron ariza yuborish jarayonida, hujjatlar taqdim etish talab qilinmaydi. Xizmat arizachilar murojaatlarining elektron navbat rejimi asosida taqdim etiladi.

Xizmat natijasi bo‘lib, arizachi tizimda avtomatik tarzda shakllantiriladigan identifikatsion kod bilan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining to‘ldirilgan shaklini qabul qilishi hisoblanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!