Yahoo 3 yil avval foydalanuvchilarning milliarddan ortiq paroli o‘g‘irlanganligini ma’lum qildi

Yahoo 3 yil avval foydalanuvchilarning milliarddan ortiq paroli o‘g‘irlanganligini ma’lum qildi

2013 yilning avgustida Yahoo’ning milliarddan ortiq foydalanuvchisi akkauntlari ma’lumotlari, jumladan, parollar va maxfiy savollarga javoblar noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlangan. Bu haqda kompaniya xabarida ma’lum qilindi, deb yozadi Daryo.uz.

Kompaniya tomonidan oshkor etilgan ma’lumotga ko‘ra, gap Yahoo noyabr oyida huquq-tartibot organlaridan olgan o‘g‘rilik to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida bormoqda.

Ma’lumotlarni tahlil qilgan kompaniya bu haqiqatan ham Yahoo foydalanuvchilarining ma’lumotlari ekanligini tasdiqladi. Ma’lumotlar tarkibida ismlar, pochta manzillari, telefonlar, tug‘ilgan kun sanalari, parollar va ba’zi holatlarda shifrlangan va shifrlanmagan maxfiy savollar va ularga javoblarni o‘z ichiga oladi.

Foydalanuvchilarning to‘lov ma’lumotlari ham o‘g‘irlangan-o‘g‘irlanmaganligi aniq emas. Kompaniya o‘g‘rilik ularga daxl qilmagan deb hisoblamoqda.

Wired nashrining qayd etishicha, 2013 yil kuzida Yahoo’da 800 million faol foydalanuvchi va 1,5 milliard akkaunt bo‘lgan. Dunyo bo‘yicha 3 milliard atrofida internet foydalanuvchisi bor.