Yana bir kompaniya o‘zining birinchi buklamafonini taqdim etadi

Yana bir kompaniya o‘zining birinchi buklamafonini taqdim etadi

Oppo kompaniyasi yangi Find N buklamafoni haqidagi batafsil ma’lumotlarni 15 dekabrda oshkor qiladi. Bundan oldin internetda smartfonning tizer videosi paydo bo‘ldi. 

Video qurilmaning qanday dizaynda bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Unga ko‘ra, Find N ko‘p jihatdan Samsung kompaniyasining Galaxy Z Fold 3 buklamafonini eslatib yuboradi. 

GeekBench qurilmaning ayrim texnik jihatlarini oshkor qildi. Oppo Find N buklamafoni Snapdragon 888 chipi hamda 12GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Qurilmaning turli xil xotira hajmiga ega turlari bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Huawei Mate V buklamafonining renderlari e’lon qilindi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!