Yana bir xitoylikning iPhone 7’si portlab ketdi

Yana bir xitoylikning iPhone 7’si portlab ketdi

Mobil aloqa vositalarining o‘z-o‘zidan yonib ketishi odatiy holga aylandi. Aftidan, bu yaqin kelajakda ham bartaraf etish amrimahol bo‘lgan jiddiy muammoga o‘xshaydi. Gap Samsung emas, iPhone 7 xususida bormoqda. Bu gal xitoylik foydalanuvchi ayolning ayfoni o‘z-o‘zidan ikkiga bo‘lingan va uni yaralashiga bir bahya qolgan.

Xitoy nashrlari tomonidan kuygan iPhone 7 va uning foydalanuvchisining suratlari e’lon qilinmoqda. Foydalanuvchining so‘zlariga ko‘ra, jabrdiyda akkumulyatorni quvvatlash uchun smartfonni elektr toki manbaasiga ulaganidan bir necha daqiqa o‘tib, gadjet portlagan va bo‘laklarga bo‘lingan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu iPhone 7 to‘rt oy avval sotib olingan bo‘lgan. Apple’ning Xitoydagi bo‘linmasi qurilmaning “original”ligini tasdiqlagan.

Xitoyda iPhone 7 portlashi bilan bog‘liq holat 2016 yilning noyabr oyida ham sodir bo‘lgan. O‘shanda Apple’ning bu flagmani xitoylik foydalanuvchining qo‘lida portlagan va egasini jarohatlagan. Bungacha iPhone 6 Plus’ning yonib ketishi holatlari ham bir necha marotaba kuzatilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!