Yandeks endi telefon ham ishlab chiqara boshladi!

Yandeks endi telefon ham ishlab chiqara boshladi!

Yandeks  mijozlariga yangiliklar tayyorlashdan charchagani yo‘q. Xususan, endi u telefon ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi! Internetda «Yandeks.Telefon» haqidagi ilk ma’lumotlar va suratlar paydo bo‘ldi. “M.Video” "Yandeks.Telefon"ning texnik xususiyatlari, narxi va sotuvga chiqishi haqidagi ilk ma’lumotlarni chop etdi.

Smartfon Android 8.1 Oreo operatsion tizimi bilan ta’minlagan bo‘lib, 4 yadroli Snapdragon 630 protsessori, 4 GB tezkor xotira va 64 Gb doimiy xotiraga ega. Smartfon 16 megapikselli asosiy orqa kamera va 5 megapikselli oldingi kameraga ega bo‘ladi. Batareya 3060 mAh'ni tashkil etishi aytilmoqda.

Картинки по запросу Яндекс.Телефон

Bundan tashqari, smartfon NFC moduli va simsiz quvvatlash texnologiyasi billan ta’minlangan.

«Yandeks.Telefon»ning o‘rtacha narxi 17 990 rublni tashkil etishi ma’lum qilindi.

Yandeks hozircha smartfon haqida rasmiy ma’lumot bergani yo‘q. Ammo 5 dekabr kuni(rasmiy taqdimot kuni) «Yandeks.Telefon» sotuvga chiqarilishi mumkin va 6-dekabrdan boshlab mijozlarga yetkazib berish amalga oshiriladi.

O‘QING: «Yandeks» O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!