Yandeks.Taksi Moskvadan Qozongacha haydovchisiz o‘zi bordi

  •   Saroy
  •  805
  •  23.06.2018 11:33

Yandeks.Taksi  Moskvadan Qozongacha haydovchisiz o‘zi bordi

Yandeks kompaniyasi haydovchisiz boshqariladigan transporti mustaqil ravishda  katta safarga chiqqani haqida ma’lum qildi. Haydovchisiz taksi, o‘zini o‘zi boshqargan holda Moskva shahridan Kozon shahrigacha yetib kelgan.

Mashina 780 kilometrlik masofani muvaffaqiyatli ravishda bosib o‘tdi, deyiladi kompaniya vakillari tarqatgan xabarda. Yo‘lning katta qismi federal ahamiyatga ega bo‘lgan M7 «Volga» trassasi hisoblanadi. Safarga jami 11 soat vaqt ketgan. Yo‘l davomida haydovchisiz taksi trassada amalda bo‘lgan tezlik cheklovlariga rioya qilgan. Haydovchi o‘rindig‘ida Yandeksning sinovchi-haydovchisi bo‘lgan. Dasturchilarning ta’kidlashicha, safarning 99 foizi avtomatik rejimda o‘tgan.

O‘QING: O‘zbekistonga «Yandeks» vakillari nega kelishdi?

Safardan ko‘zlangan maqsad, avtomobilni shahar tashqarisidagi trassalarda, turli yo‘l sharoitlarida sinab ko‘rish edi. Yo‘l davomida asfalt yo‘lning sifati va yo‘ldagi chiziqlar o‘zgarib turgan. Trassa goh toraygan, goh kengaygan. Ob-havo ham tez-tez o‘zgarib turgan, vaqti-vaqti bilan oftob charaqlab turgan bo‘lsa, bir necha bor avtomobil yomg‘ir ostida ham qolib ketgan. Mashina kunning yorug‘ida ham,  qorong‘uda ham harakatda bo‘lgan.

2017 yil bahor oylarida Yandeks ilk bor o‘zining haydovchisiz taksisini namoyish qilib, loyiha haqida batafsil ma’lumot bergandi. Birinchi sinov Moskvada Yandeksning bosh ofisiga unchalik uzoq bo‘lmagan  yopiq hududda amalga oshirilgandi. Sinov jarayonida taksining o‘z vazifasini a’lo darajada bajargani namoyish qilindi. Ushbu mashina NAMI instituti bilan hamkorlikda  Toyota Prius bazasida yaratilgandi. Shu yilning  fevral oyida esa, Moskva yo‘llarida qish sharoitida sinov olib borildi.

O‘QING: Ajoyib imkoniyat: Yandeks dasturchilarni yozgi maktabga taklif qilmoqda

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!