“Yandeks” uyingizdagi ob-havoni oldindan aytadi

“Yandeks” uyingizdagi ob-havoni oldindan aytadi

Aniqrog‘i, xonadoningiz ichidagi emas, yashab turgan uyingiz atrofidagi ob-havoni “Yandeks.Pogoda”  xizmati bashorat qiladigan bo‘ldi. Ob-havo bashoratlarini tuzishda ishlatiladigan texnologiya “Meteum” nomini oldi.

Ob-havo ko‘rsatkichini hisoblashda yaqin-atrofdagi meteostansiyalar ma’lumotlari bilan bir qatorda, havo haroratiga bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar ham e’tiborga olinadi. “Meteum” boshlang‘ich ma’lumotlarni an’anaviy meteomodel yordamida qayta ishlaydi. “Meteum” aniqligini oshirish maqsadida joydagi haqiqiy harorat bilan o‘z bashoratini kunda 140 ming marta taqqoslab turadi.

Foydalanuvchi har gal xizmatga murojaat qilganda ob-havo bashorati yangilanib taqdim etiladi. Yangi xizmat hozircha Rossiya mintaqalari bo‘yicha ishga tushirilgan bo‘lib, kelajakda servis doirasi kengayadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!