Yangi Galaxy smartfoni DxOMark reytingida S21 va S21+ smartfonlarini ortda qoldirdi

Yangi Galaxy smartfoni DxOMark reytingida S21 va S21+ smartfonlarini ortda qoldirdi

DxOMark mutaxassislari Samsung Galaxy S21 FE smartfonining kameralarini sinovdan o‘tkazishdi. Qurilmaning kameralari yaxshi natijani qayd etib, 120 ballni qo‘lga kiritdi. 

Taqqoslash uchun, Snapdragon hamda Exynos chipiga ega bo‘lgan S21 Ultra modeli 123 va 121 ball, S21 hamda S21+ modellari esa 119 ballni qo‘lga kiritgan edi. 

Bundan ko‘rinib turibdiki, kamera bo‘yicha FE model qolgan S21 smartfonlaridan qolishmaydi. O‘tgan yilgi S20 FE esa 115 ball to‘plagan edi. 

Agar natijalar haqida batafsilroq ma’lumot beradigan bo‘lsak, smartfon suratga olishda 126 ball, videoga olishda esa 104 ballni qo‘lga kiritdi. 

Internetdagi ko‘plab sharhlar yangi FE modelning kameralari haqiqatan ham yaxshi suratga olishini tasdiqlamoqda. 

O‘QING: «Ctrl+C > Ctrl+V» yoxud Xitoyda iPhone 13 dizaynidagi Honor 60 SE smartfoni chiqarildi! 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!