«Yangi Internet tashabbusi» mega tanlovi e’lon qilindi

«Yangi Internet tashabbusi» mega tanlovi e’lon qilindi

Sizda biror elektron resurs yaratish g‘oyasi bor, biroq uni yaratish uchun mablag‘ yo‘q. Vaqt o‘tgani sayin bu resursni yaratish ishtiyoqi oshib, uni xayolda pishitib borasiz. Tasavvur qiling — sizni loyihangizni moliyalashtirish manbaasi topildi. Va, bu manbaa siz yaratmoqchi bo‘lgan veb-sayt yoki biror resursni keyinchalik ham texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlab boradi. Zo‘r imkoniyat shunday emasmi? Unday bo‘lsa,  «Yangi Internet tashabbusi» tanlovi aynan siz kutayotgan qulay imkoniyat ekan.

Tanlov tashabbuskori: UZINFOCOM Markazi.

Tanlov tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini (ATK) rivojlantirish Fondi.

Tanlovning asosiy maqsadi – Internet tormog‘ining milliy segmentini rivojlantirish, foydali va yangi internet-manbaalar miqdorini oshirish, yangi internet-manbaalar yaratish borasida barcha qiziqqan shaxslar va iqtidorli yoshlarga sifatli manbaalarni ishlab chiqarishda kerakli sharoitlarni yaratish  imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat.

Kim ishtirok etishi mumkin: Mazkur Tanlovda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi, ariza berish paytida to‘liq 18 yoshga to‘lgan barcha jismoniy shaxslar, hamda ishchi guruhlar va yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov bosqichlari:

1-bosqich: Dolzarb Loyihalarni saralash – 2016 yil 15 avgustdan – 2016 yil 15 noyabrgacha;

2- bosqich – Loyiha ishlab chiqaruvchilarni tanlab olish – 2016 yil 15 noyabrdan – 2016 yil 30 dekabrgacha;

3-bosqich – Internet resursni ishlab chiqish — 2016 yil 15 dekabrdan – 2017 yil 15 dekabrgacha;

4-bosqich: G‘oliblar tomonidan loyihalarni informatsion va texnik qo‘llab-quvvatlashi – 2017 yil 1 apreldan – 2018 yil 30 aprelgacha.

Tanlov nominatsiyalari: 

  • Madaniyat va san’at;
  • Sog‘liqni saqlash;
  • Ta’lim, shuningdek yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha innovatsion g‘oyalar;
  • Xorijiy tillarni o‘rganish;
  • O‘zbekiston o‘simlik va xayvonot dunyosi;
  • O‘zbek tili va adabiyoti
  • Turizm;
  • Sport;
  • Erkin nominatsiya.

Saralash bosqichida ishtirok etish uchun arizalarni 2016 yil 15 noyabr kuniga qadar tanlovning rasmiy sayti www.yit2016.uz  yoki quyidagi elektron manzilga yuborish mumkin: [email protected]. Garchi, siz texnik bo‘lmasangiz ham, veb-sayt g‘oyasini talabda belgilangani kabi, chiroyli konsepsiya holatiga keltirib, mazkur elektron pochtaga yuboring. 1-bosqichdan o‘tgan ishlar navbatdagi bosqichda texniklar e’tiboriga havola qilinadi. Sizning mualliflik huquqingiz saqlab qolinadi.

Barcha nominatsiyalar buyicha g‘oliblar o‘z loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek DUK UZINFOCOM Markazi tomonidan texnik yordam oladilar.

Tanlov qoidalari va batafsil ma’lumotlarni http://tanlov.uzinfocom.uz/ rasmiy saytidan olish mumkin.