Yangi iPhone 7 “ajdodlari”ga nisbatan ancha arzon bo‘ladi

Yangi iPhone 7 “ajdodlari”ga nisbatan ancha arzon bo‘ladi

Wccftech insayder manbaasi joriy yilning sentyabr oyi boshida namoyish etilishi kutilayotgan iPhone 7 flagmanining narx-navosi yuzasidan yangi ma’lumotni e’lon qildi. Manbaaning ma’lum qilishicha, smartfonning eng oddiy talqini 16 GB xotira sig‘imiga ega iPhone 6s’dan 100 dollar arzonroq narxda sotuvga chiqariladi.
Bugungi kunda AQShda ayfon flagmanining 16 GB doimiy ichki xotiraga ega talqinining rasmiy bahosi $649 dollar. Shuningdek, 64 GB talqin – 749 dollar, 128 GB talqin – 849 dollardan sotilmoqda. ​​Insayderlar iPhone 7 eng kamida 32 GB doimiy ichki xotiraga ega talqinda ishlab chiqarilishini, u xalqaro bozorga 550 dollardan sotuvga chiqishini katta ishonch bilan ma’lum qilishmoqda.
Ayfon sanoatidagi bu “arzonchilik”ni ishlab chiqarishdagi xarajatlarning qisqarishi, shu bilan birga jahon miqyosida raqobatchi kompaniyalar tomonidan o‘z flagmanlarini arzon baholashlari bilan bog‘lash mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 20 iyul holatida “Malika” savdo majmuasida Apple iPhone 6S’ning 16 Gb xotiraga ega versiyasi 4,064,000 so‘mdan sotilmoqda. Yangi ayfonni bundan 100 AQSh dollari arzonroq narxda sotib olish kimga ham yoqmaydi deysiz.