Yangi ishlanma: yarim kilometrlik masofada istalgan gadjetni buzib beradi

  •   Saroy
  •  1361
  •  11.07.2018 11:34

Yangi ishlanma: yarim kilometrlik masofada istalgan gadjetni buzib beradi

Isroil razvedkasining sobiq xodimi tomonidan yaratilgan xakermobil zaifroq gadjetlarni izlashni va ularni “buzishni” biladi. Ushbu mashinaning narxi 3 million dollardan 5 million dollargacha turadi.

24 ta SpearHead 360 antennali kuzatuv stansiyasi yordamida u buzish uchun nishonni qidiradi. So‘ngra o‘zini oddiy Wi-Fi nuqtasi ko‘rinishiga solib, gadjetni o‘ziga ulaydi. Ushbu tizimdan keyin xakermobil gadjet egasi internetda nima bilan mashg‘ul bo‘layotganini tahlil qiladi hamda qurilmaga zaruriy dasturni o‘rnatadi.

«G‘ildirakli laboratoriya» ixtirochisi Isroil razvedkasi sobiq zobiti Tal Dilanning aytishicha,   SpearHead 360 juda ko‘p miqdordagi zaif gadjetlarni qidirib topadi. Qurilmalarning turi ham, operatsion tizimi ham qanday bo‘lishining farqi yo‘q. Noutbuklar va smartfonlar, Windows, MacOS va Android  — bularning barchasini xakermobil buza oladi.

Tal Dilan harakatlanuvchi stansiyaning  qimmatligiga qaramasdan, yiliga uchta-to‘rtta mashina sota olishiga ishonchi komil. Bazoviy komplektatsiyadan tashqari SpearHead 360 uchish qurulmalarini ham sotuvga chiqarmoqchi. Ushbu qurilma harakatlanayotgan nishonni kuzatib turadi.