Yangi Mercedes va Kia avtomobillariga Android Auto dasturi o‘rnatiladi

Yangi Mercedes va Kia avtomobillariga Android Auto dasturi o‘rnatiladi

Yaqin kelajakda avtomobillarning smartfon bilan integratsiyalashish imkoniyatlari muhim talablardan biriga aylanishi shubhasiz. Shu maqsadda dunyoning ko‘plab avtomobilsoz kompaniyalari zamonaviy mobil texnologiyalarni o‘z avtomobillariga tatbiq etishmoqda.

Germaniyaning Mercedes va Janubiy Koreyaning Kia Motors kabi yirik avtomobil ishlab chiqaradigan kompaniyalari yangi mashinalarga Android Auto tizimini o‘rnatishni boshladilar. Androidcommunity saytida Android Auto dasturi o‘rnatilgan mazkur ikki brend ostidagi avtomobil rusumlarining ro‘yxati ham keltirildi.

Android Auto tizimi avtomobilga mobil qurilma bilan integratsiya qilishini ta’minlaydi, turli ilova va servislardan foydalanish imkoniyati taqdim qiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!