Yangi Tizen-smartfon – Samsung Z3 rasman namoyish etildi

Yangi Tizen-smartfon – Samsung Z3 rasman namoyish etildi

Samsung kompaniyasi o‘z mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan Tizen operatsion sistemasi asosida ishlaydigan yangi Samsung Z3 smartfonini ommaga rasman tanishtirdi.

samsun2

Mazkur smartfon piksellar sig‘imi 1280x720 ni tashkil etuvchi 5 dyuymli (1 dyuym – 2,54 sm) AMOLED ekrani, 1,3 GGs chastotali 4 yadroga ega protsessor va 1 GB tezkor xotira bilan ta’minlandi. Ichki xotirasi 8 GBni tashkil etsa-da, unga 128 GBgacha bo‘lgan xotira kartasi (fleshka) joylashtirsa bo‘ladi. Smartfonning asosiy kamerasi 8, old kamerasi 5 megapikselni tashkil etadi.

Akkumulyatorining sig‘imi 2600 mAs bo‘lib, gadjet hajmi 70x141,6x7,9 mm, vazni esa 137 grammdan iborat. Qurilma Samsung o‘z televizorlari va elektron qurilmalarida foydalanib kelayotgan  xususiy Tizen operatsion sistemasi asosida ishlaydi. Z3ni mazkur operatsion sistemada ishlaydigan ikkinchi smartfon ekanini hisobga olsak, uni sayyoramizdagi eng tezkor Tizen-smartfon deb atash mumkin.

samsun3

Smartfonga ikkita SIM-karta joylashtirish mumkin. Qurilmani arzon baholarda sotuvga chiqarish fikri bo‘lgani sababdan unga to‘rtinchi avlod tarmoqlarini qo‘llovchi tizim joylashtirilmadi. Biroq kompaniya vakillari uning dizayniga alohida e’tibor qaratishdi va tashqi ko‘rinishi kompaniyaning eng ilg‘or mahsulotlari qiyofasini o‘zida aks ettiradi. Smartfon korpusi esa plastikdan tayyorlangan bo‘lib, sotuvga oltin, qora va kumush ranglardagi namunalari chiqariladi.

samsun4

Ayni paytda Samsung Z3 Hindistonda 8490 rupiy (taxminan 130 dollar) ga sotilmoqda. Avvalgi Z1 modelidan farqli ravishda, Z3 Yevropa bozoriga ham chiqarilishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!