Yangicha hisoblash modeliga ega Geekbench 5 rasman taqdim qilindi

Yangicha hisoblash modeliga ega Geekbench 5 rasman taqdim qilindi

Geekbench sintetik testi yaratuvchisi bo‘lgan PrimateLabs kompaniyasi platformaning yangi beshinchi versiyasi Geekbench 5'ni taqdim qildi. Yangi versiya hozirda Windows, Linux, macOS va iOS'lar uchun taqdim qilinib bo‘ldi, Andoroid'ga shu hafta ichi yetib kelishi kerak.

Dastur mualliflarining aytishicha, CPU va GPU'larning ikkalasini ham baholash modellari endilikda butunlay yangi usulda amalga oshirilib, qurilma eng so‘nggi ilovalarni yuklashda duch keladigan muammolarni o‘zida aks ettiradi. Yangi versiya Geekbench'da macOS uchun Qora fon rejimi ham bor, iOS 13 uchun esa yil oxiriga qadar mavjud bo‘ladi.

Geekbench 5'da, shuningdek, 32 razryadli protsessorlar va operatison tizimlar qo‘llab-quvvatlanmasligi (faqat 64 razryadli opersion tizim va chiplarning qo‘llab-quvvatlanishi) ham e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlardan. Ushbu protsessorlarning sinovdan o‘tkazilmasligi natijasida Geekbench endilikda kattaroq hajmli ma’lumot hamda uzoqroq ishlash vaqtiga ega yanada istiqbolli sintetik sinovlarni o‘z ichiga oladi.

Endilikda hisoblash jarayonining butumlay o‘zgacha bo‘lishi Geekbench 5'dan olingan sinov natijlarini Geekbench 4 va uning sub-versiyalaridagi ballar bilan taqqoslab bo‘lmaydi deganidir.

O‘QING: AnTuTu haqida nimalarni bilasiz?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.