Yangilangan Razer Blade Pro – baquvvat noutbuk-geymer

Yangilangan Razer Blade Pro – baquvvat noutbuk-geymer

Razer kompaniyasi Blade Pro noutbukining yangilangan 2016 yil versiyasini namoyish etdi. Geymerlarga mo‘ljallangan mazkur kuchli texnik parametrlarga ega noutbukning bu yilgi versiyasida ham bir qator ahamiyatli o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Noutbuk zamonaviy modullar bilan jihozlangan va yupqa korpusda ishlangan.

Razer Blade Pro noutbukining qalinligi 23 millimetrni tashkil etadi, og‘irligi esa 3,5 kg. Noutbuk oltinchi avlod Skylake seriyasidagi Intel Core i7-6700HQ protsessorida ishlaydi. Unga DDR4-2133 standartidagi 32 GBgacha bo‘lgan operativ xotira hamda eng ilg‘or NVIDIA GeForce GTX videokartasini o‘rnatish mumkin.

Razer_blade_pro_5-1

Noutbukda 2 TB doimiy xotira ko‘zda tutilgan, Sharp kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan IGZO panel displeyning diagonali 17, 3 dyuym bo‘lib, u Ultra HD formatigacha bo‘lgan tasvirni namoyish qilish imkoniyatiga ega. Qurilmada uchta USB 3.0 porti, bitta USB-C, tarmoq kartasi, naushnik sloti, HDMI 2.0 va multiformatli kart-rider mavjud.

Yangi Razer Blade Pro noyabr oyida rasman taqdim etilishi kutilmoqda, u $3700 narxida sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!