Yaponiyada 100 marta tez quvvatlanuvchi litiy-ionli batareya ishlab chiqildi

Yaponiyada 100 marta tez quvvatlanuvchi litiy-ionli batareya ishlab chiqildi

Kunchiqar yurt vakillari o‘zlarining ixtirolari bilan kishilarni lol qoldirish barobarida, yaxshigina daromad olishni yo‘lga qo‘yishgan. Mamlakatning shunday korporatsiyalaridan biri Kaneka kompaniyasi, Ayti texnika universiteti bilan hamkorlikda, juda tez quvvatlanadigan yangi batareya ishlab chiqishdi. U hozirda mavjud batareyalardan 100 marta tezroqdir.

Ishlab chiqaruvchilarning aytishlaricha, yangilikdan, gibrid va elektromobillar, turli elektron moslamalar, gadjet va smartfonlar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.

Umuman, quvvatlantirish tezligi birmuncha tashqi omillarga, xususan, batareya, transport vositasi yoki texnik vositaning katta-kichikligiga bog‘liq.

Bunday batareyalar mobil qurilmalarga o‘rnatiladigan bo‘lsa, ularni to‘liq qayta quvvatlantirish atigi o‘n daqiqani oladi.

Yapon olimlari, yangi litiy-ionli elektr manbalarini ishlab chiqishda karbon nanoquvurlaridan foydalanishgan.

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashlaricha, u 5 ming marotaba qayta quvvatlantirilsa ham, quvvatlanish tezligi va sifati o‘zgarmaydi.

Kaneka korporatsiyasi, ushbu ixtironi yaqin besh yilda ommaviy ishlab chiqarish va mijozlarga yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Manba: Kun.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.