Yaponiyada “Aqlli shahar” qurildi

Yaponiyada “Aqlli shahar” qurildi

Yaponiyada dunyodagi eng ekologik toza shahar bunyod etildi. Shahardagi barcha uylar quyosh batareyasidan olinadigan energiya hisobiga ishlaydi. Transport vositalari ham elektromobil va velosipedlardir.

Yaponiyadagi mazkur “aqlli shahar”ga Fudjisava deb nom berildi. Shaharning mavjud barcha ob’yektlari markazdagi kompleksdan boshqariladi.

Fudjisavaga dastlabki oilalar ko‘chib kela boshlashdi. Mazkur musaffo shahar 3 ming kishi va 100 xonadonga mo‘ljallab qurilgan. Rejalashtirilgan barcha ishlar va loyihalar 2018 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.

Shahar elektr ta’minotining 30 % foizdan ziyodi muqobil energiya manbalari, birinchi navbatda, quyosh batareyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu uglerod asoratlarining 70 % foziga qisqartirish imkonini beradi. Suv iste’moli ham 30 % foizga iqtisod qilinadi. Bordiyu yer qimirlashi yoki elektr ta’minotida uzilishlar ro‘y bersa, shahar 3 kun mobaynida aholini elektr va issiqlik suvi bilan ta’minlashi mumkin. Bu yerdagi barcha qurilmalar tejamkor texnologiyalar asosida ishlangan.

Fudjisavada benzin quyish shahobchalari yo‘q. Biroq elektromobillar uchun maxsus quvvatlantirish tarmoqlari qurilgan. Agar kimda elektromobil bo‘lmasa, unda elektroskuterlar, velosipedlar, elektromobillar va boshqa ekologiya zarar yetkazmaydigan transport vositalaridan ijara asosida foydalanishi mumkin.

Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida jamoat joylariga maxsus videokuzatuv kameralari, datchik va senorli qurilmalar o‘rnatilgan. Energiyani iqtisod qilishga maksimal darajada harakat qilingan. Masalan, ko‘chalardagi yoritish chiroqlari kechalari faqat odamlar yurayotgan chog‘da yonadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati – $500 million. Bu kabi shaharlar kelajakda o‘z samarasini beradimi, yo‘qmi, vaqt hal qiladi. Hozirda mamlakatda mazkur loyihaga katta qiziqish bilan qaralmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.