Yaponiyada robotlar magazinda sotuvchilik qiladi

Yaponiyada robotlar magazinda sotuvchilik qiladi

Yaponiyaning Softbank uyali aloqa operatori barcha sotuvchilari Pepper nomli robotlardan iborat bo‘lgan magazin yaqinda ochilishini bildirdi. Matbuot xabarnomasida keltirilishicha, robot mijoz bilan shartnoma tuza oladi.

Bundan tashqari, “Pepper Phone Shop” magazinidagi robotlar yo‘l ko‘rsatish, mijozlarning savollariga javob berish, shartnoma tuzishga ko‘maklashish singari vazifalarni bajarishadi. Magazinning tajriba tariqasida ochilish sanasiga oz muddat qoldi, agar barchasi muvaffaqiyatli o‘tsa, Softbank hamma magazinlariga Pepper robotlarini “ishga olmoqchi”.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!