Yaponiyada robotlar o‘rtasida sumo musobaqasi bo‘lib o‘tdi (Video)

Yaponiyada robotlar o‘rtasida sumo musobaqasi bo‘lib o‘tdi (Video)

Agar RoboCup, RoboGames va Battlebots robotlarining musobaqalarini tomosha qilgan bo‘lsangiz, ushbu kurashlarda robotlar mustaqil emas, balki distansion pult yordamida boshqarilganini payqagan bo‘lsangiz kerak. Biroq yaqin o‘tgan kunlarda Yaponiyada o‘tkazilgan robotlar sumo musobaqasida temir jangchilar to‘liq mustaqil ravishda harakatlangan. Musobaqa ham aynan mana shu jihati bilan boshqa shu kabi turnirlardan farqlangan.

Robotni boshqargan odamning qo‘lidagi pultda faqat bitta tugma joylashtirilgan. U ham bo‘lsa robotni hakam ishorasi bilan to‘xtatishga xizmat qiladi, qolgan harakatlar esa robotlar tarafidan to‘la avtonom tarzda bajarilgan. Ba’zi sumochi robotlar juda tezkor va chaqqon bo‘lsa, ba’zilari esa aksincha, baquvvat va sekin harakat qiladi. Ko‘pincha, og‘ir va kuchli robotlar yengil va tezkor robotlarni tezda yer tishlatgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!