Yaqin kunlarda One UI 2.0'ning ikkinchi beta-talqini taqdim qilinadi

Yaqin kunlarda One UI 2.0'ning ikkinchi beta-talqini taqdim qilinadi

Samsung One UI interfeysining yangilangan versiyasini takomillashtirishda davom etmoqda. Kompaniya beta-sinovlarda ishtirok etishni xohlagan Galaxy Note10 egalariga ikkinchi marta barqaror bo‘lmagan proshivka jo‘natmoqchi. Janubiy Koreyadagi Samsung jamiyati rasmiy forumlariga ko‘ra, Galaxy Note10 smartfoniga One UI 2.0'ning ikkinchi beta-proshivkasi hafta oxiriga qadar taqdim qilinadi. 

Yangi proshivkada hech qanday yangi funksiyalar bo‘lmaydi, faqat dastlabki beta-relizdagi xatoliklar tuzatiladi. Galaxy S10 lineykasi vakillari bilan ham xuddi shunday holat kuzatilgandi: barcha yangiliklar birinchi proshivkada, tuzatishlar esa ikkinchisida taqdim qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, One UI Android 10 asosida ishlab, unda bildirishnomalar dizayni takomillashtirilgan (endi ular displeyda kamroq joy egallaydi) va tungi rejimga moslashtirilgan. Brauzer va ko‘plab tizim ilovalari ko‘rinishiga ham o‘zgarishlar kiritilgan. 

Siz ham beta-sinovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, Galaxy Note10 yoki Galaxy S10'ingiz bilan Samsung Members ilovasidan ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.

O‘QING: Galaxy A01 – eng arzon smartfonlarga qarshi Samsung taklifi tayyor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!