Yarim soniyada quvvat oladigan akkumlyator kashf etildi

Yarim soniyada quvvat oladigan akkumlyator kashf etildi

Oslo universiteti olimlari soniyaning ma’lum bir ulushida quvvat olishga ulguradigan akkumlyator ishlab chiqdi. Biroq, Clean Technica’ning yozishicha, bu akkumlyatorning sig‘imi juda past.

Professor Ola Nilsen va universitet bitiruvchisi Knut Byarne Gangrud quvvat olish tezligini oshirish va qurilma o‘lchamlarini kichraytirish maqsadida sig‘imdan voz kechishga qaror qildi.

Ishlanma mualliflari jamoat transporti uchun ekologik toza quvvat manbaini yaratishni maqsad qilgan edi. Akkumlyatorning quvvati avtobuslarga bekatdan bekatga yetib olish imkonini beradi, bekatlarda esa maxsus platformaga kirib, avtobus yana quvvat yig‘ib oladi.

“Kelgusi tadqiqotlarda biz quvvat olish tezligini uzoq safarlarga moslashtirishni rejalashtiryapmiz. Hozirgi batereya natija keltirguniga qadar, biz uning ustida to‘rt yil ishladik”, — deydi olimlar.

Hi-Tech.mail.ru’ning yozishicha, mazkur texnologiya akkumlyatorli batereyalar sohasida inqilob yasashi mumkin. Shuningdek, bu transport vositalari uchun juda arzon quvvat manbasi sifatida xizmat qilishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!