Yoga A12: Lenovo’ning yangi hamyonbop planshet-transformeri

Yoga A12: Lenovo’ning yangi hamyonbop planshet-transformeri

Lenovo Yoga A12 rusumli yangi planshet-transformerini kompaniya tomonidan bir muddat avval taqdim qilingan Lenovo Yoga Buk noutbukining soddalashgan talqini deyish mumkin. Farqi ushbu noutbukning sensor panelida raqamli pero bilan tasvir yoki yozuv chizish funksiyasi mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, Yoga Book — Windows 10 yoki Android operatsion tizimida faoliyat olib boruvchi ultra yupqa planshet bo‘lib, gadjetni “aqlli klaviatura” yordamida noutbukka aylantirish ham mumkin. Uning uchun maxsus stilus qurilmasi ham ishlab chiqarilgan.

Yangi A12 Android planshetining dizayn va g‘oyaviy elementlari ana shu Yoga Book devaysidan o‘zlashtirilgan. Uning narxi Yoga Book’dan arzon bo‘lib, 299 AQSh dollar.

Lenovo Yoga A12 plansheti ham Yoga Book singari Halo nomli sensor klaviaturaga ega. A12 gadjetining ekran diagonali 12,2 dyuymni tashkil qiladi.

Qurilma to‘rt yadroli Intel Atom x5 protsessori, 2 Gb operativ xotira, 32 Gb doimiy ichki xotira bilan ta’minlangan. microSD bo‘lmachasi orqali xotirani yanada kengaytirish mumkin. Uning korpusida USB Type-C standartidagi port mavjud.

Planshetda Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimi o‘rnatilgan. Hozircha uning Windows 10 tizimida ishlaydigan talqini mavjud emas.

A12 modeli uni noutbukka aylantiruvchi an’anaviy 360 gradusli oshiq-moshiqqa ega.

Yoga A12 qurilmasining bazaviy modeli qora-kulrang, och tilla rang korpusli talqinlarda Lenovo kompaniyasining rasmiy saytida joriy yilning 8 fevralidan boshlab 299 dollar bahosida sotuvga chiqarildi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!