YotaPhone 3 taqdimoti: brend rossiyaliklar uchun nega qadrli?

YotaPhone 3 taqdimoti: brend rossiyaliklar uchun nega qadrli?

Xabaringiz bo‘lsa, Rossiyaning «Yota Devices» hamda Xitoyning China Baoli Technologies kompaniyalari hamkorlikda 2013 yildan boshlab 2 ta mustaqil ekranga ega YotaPhone smartfonlarini ishlab chiqarmoqda.

16 iyunda 3-avlod YotaPhone smartfoni taqdim qilindi. Diagonali 5,7 dyuymli ekranga ega YotaPhone 3 gadjetining orqa paneliga ham 5,5 dyuymli E-Ink matritsasida ishlaydigan oq-qora rangli ekran mavjud.

YotaPhone 3 smartfoni 4 yadroli, chastota tezligi 2,2 GGs bo‘lgan Snapdragon 820 chipida ishlaydi. Unga 3 yoki 4 GB tezkor hamda 64 yoki 128 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan. Qurilma batareyasining elektr sig‘imi 3500 mA soat. Shuningdek, old kamera 5 megapikselli, bosh kamera 13 megapikselli.

YotaPhone 3 2017 yilning kuzidan talqinidan kelib chiqib, $350 va $450 dollardan sotuvga chiqadi.

Monoxrom ekranni hisobga olmaganda, smartfon biror jihati bilan o‘ziga xos emas. Ammo, rossiyaliklar uchun milliy smartfon brendi sifatida juda qadrli. Ma’lum qilinishicha, 2016 yilda taqdim qilingan YotaPhone 2 gadjeti 30 ming dona sotilgan va kompaniya rahbarlari bundan xursand. Ularning so‘zlariga ko‘ra, qayrilma displeyli ilk Samsung Galaxy Round smartfoni bir vaqtlar bor-yo‘g‘i 10 ming dona sotilgan. Va, bugun Samsung smartfon bozrida peshqadam. Demak, rivojlanishga umid qilsa bo‘ladi.