YouTube Shorts tez orada TikTok kabi maxsus ovoz berish funksiyasiga ega bo‘ladi

YouTube Shorts tez orada TikTok kabi maxsus ovoz berish funksiyasiga ega bo‘ladi

YouTube shiddat bilan o‘sib borayotgan TikTok bilan raqobatlashish uchun 2020-yilda YouTube Shorts'ni taqdim etgan edi.

Ilovadagi bir nechta asosiy filtrlar, taglavhalar va ranglarni o‘zgartirish kabi tahrirlarga ega bo‘lgan 60 soniyali videolar endi ByteDance tarmog‘idan yangi xususiyatni oladi. Tez orada uchinchi tomon video tahrirlash ilovasidan foydalanmasdan videoning ovozini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. 

Ilovaning beta-versiyasi kodida yangi funksiyalar aniqlandi. Taxminlarga ko‘ra, YouTube trekni yozib olish va yuklashdan oldin uni osongina joylashtirish imkonini beruvchi maxsus tugmani qo‘shmoqda. 

YouTube bu xususiyat haqida hech qanday rasmiy ma’lumotlar bermadi, shuning uchun ularning ilovada qachon paydo bo‘lishi hozircha noma’lum. 

O‘QING: Windows operatsion tizimida endi Play Store'dan o‘yinlar yuklab olish mumkin