Yuqori avtonomlik xususiyatiga ega Samsung Galaxy Buds+ anonsdan oldin yuqori sifatli fotosuratlarda

Yuqori avtonomlik xususiyatiga ega Samsung Galaxy Buds+ anonsdan oldin yuqori sifatli fotosuratlarda

Samsung Galaxy Buds+ quloqchinlari 11 fevral kuni kompaniyaning yangi smartfonlari bilan birga taqdim etiladi. Ammo Roland Kvant ismli foydalanuvchi anonsdan bir necha kun oldin uning suratlarini olishga muvaffaq bo‘ldi.

U hali hech qanday sinov o‘tkazmagan, ammo yaqinlashib kelayotgan yangilikni baholashga imkon beruvchi bir necha fotosuratlarni e’lom qildi.

Mahsulot qadog‘idan quloqchinlar 11 soat avtomom musiqa tinglash rejimi, ikkita tarqatgich, uchta mikrofonga egaligi va simsiz quvvatlash imkoni mavjudligini ko‘rishimiz mumkin.

Mahsulot dizayniga keladigan bo‘lsak, Galaxy Buds+ hozirgi modeldan uncha farq qilmaydi.

O‘QING: Galaxy S20 va iPhone 9 allaqachon sotuvda, sovg‘asiga – Galaxy Buds+ va AirPods!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.