Yuqori sifatli golografik displey tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqildi

Yuqori sifatli golografik displey tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqildi

Yuksak sifatli, ayni vaqtda hammabop golografik displey yaratish bugun emas, uzoq kelajakda ro‘yobga chiqadigan ishlardandir. Ammo bu sohada tajriba va sinovlar to‘xtab qolgani yo‘q. Yaqinda Koreyaning fan va ilg‘or texnologiyalar instituti yangi turdagi dinamik uch o‘lchamli golografik displey yasashning uddasidan chiqdi. Uning parametrlari boshqa displeylarnikidan 2,5 ming barobar ortiqdir.

Hozirgi kunda golografik texnologiyaning nozik joyi oddiy ikki o‘lchamli piksellardan tarkib topgan matritsadir. Koreys tadqiqotchilari o‘z ishlarida yuqori sifatli oddiy displeyni qo‘llagan. Optik impuls fronti ma’lumot to‘plagich sifatida xizmat qiladi. Bu kombinatsiya bilan 1 sm kubli gologramma hosil qilinadi.

Tadqiqot guruhi rahbari YongKenom Parkom (YongKeun Park) aytishicha, ilgari nur sochilib ketishi istalmagan hodisa bo‘lsa, bugun nurning bu xususiyatidan ham foydalansa bo‘ladi. Nur to‘g‘ri sochilishi hisobiga sochish burchagini kengaytirildi va avvalgi gologrammalardan 2,5 ming marotaba tiniqligi oshirildi.

Yangi golografik ekran prototipining ishlash tartibi

Koreys olimlari bu ixtiro katta, sifatli va hammabop uch o‘lchamli golografik displey yaratish yo‘lida birinchi qadam bo‘lishiga ishonadi. Bunday displey shifokorlar, injenerlar va olimlarning ishini yengillashtiradi. Qolaversa, maishiy texnikalarda foydalanilishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!