Zamonamizning 5 ta eng kuchli fableti

Zamonamizning 5 ta eng kuchli fableti

Samsung Galaxy Note 5

Afzalliklari: yupqa va yengil, “S Pen” innovatsion stilus, yuqori sifatdagi surat va video oluvchi kamera, uzoqqa dosh beradigan batareya, tezkor quvvat olish imkoni.

Kamchiliklari: ajralmas batareya, microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasining mavjud emasligi, telefon korpusining sirg‘anchiqligi, ichki ovoz uzatgichning o‘tkirligi.

Tavsif

Samsung’ning Galaxy Note 5 fableti bugungi kunning eng yaxshi yirik ekranga ega devayslari sirasiga kiradi. Metall va shishadan tayyorlangan korpus ko‘pchilikni o‘ziga maftun qilmoqda.

Galaxy Note 5 Samsung’ning Exynos 7420 SoC (2015 yilda Android smartfonlariga mo‘ljallangan eng yaxshi protsessor) protsessori  hamda 4 GB tezkor xotirabilan ta’minlangan.

5.7 dyuymli Super AMOLED displeyning piksellar sig‘imi 1440 x 2560 (QHD), ya’ni har dyuymda 518 pikselga teng.

Note 5 fableti 16 MP bo‘lib, uning imkoniyati  Galaxy S7 hamda S7 edge qurilmalarida foydalanilgan 12 MP kameradan ham yuqori baholangan. S Pen – innovatsion stilusi boshqa fabletlarning qalamchalari havas qilarli darajada ko‘p funksiyalidir.

Amazon internet do‘konida fabletning ochiq kodli talqini ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, 550-570 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Apple iPhone 6s Plus

iPhone-6s-Plus

Afzalliklari: 3D Touch texnologiyasi smartfon bilan o‘zaro aloqaga kirishishga yordam beradi, batareya hayotining uzoq yashovchanligi, kamera sifati, yuqori sifatli tasvir namoyishi, radiokarnayning sifatli ishlashi.

Kamchiliklari: vaznining og‘irligi (190 gramm), 16 GB ichki xotiraning kichikligi, iOS 9’ning ko‘p funksiyalilik qobiliyati 6s Plus’da qo‘llab-quvvatlanmasligi.

Tavsif

iOS hamda yirik ekran ishqibozlari uchun Apple’ning iPhone 6 Plus yoki iPhone 6s Plus’i ayni muddao. Fablet akkumulyatorining sig‘imi 2750 mA soat.

Fablet 3D Touch screen ekran texnologiyasi, 12 MP bosh va 5 MP old kamera, A9 kuchli protsessori, hamda 2 GB tezkor xotiraga, barmoq izlari skaneriga ega.

iPhone 6s Plus’ning 5.5 dyuymli ekraning piksel sig‘imi u qadar yuqori emas, 1080 x 1920 belgi, ya’ni har dyuymda 401 belgi.

Amazon internet do‘konida fabletning ochiq kodli talqini ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, 650-700 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Huawei P9 Plus

Huawei-P9-Plus

Huawei kompaniyasi yaqinda taqdim qilgan P9 Plus fabletining o‘ziga xos eng muhim jihati undagi bosh kameraning 2 ta ekanligidir. Ularning har ikkalasi 12 MP sig‘imli. Old kamera esa 8 MP. Kamera texnologiyasi Germaniyaning Leica kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlangan.

P9 Plus’ning 5.5 dyuymli Super AMOLED displeyi 1080 x 1920 piksel sig‘imiga ega. Displeyda shuningdek chertish sezuvchanligi texnologiyasi tatbiq qilingan. Fablet Android 6 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

P9 Plus Huawei’ning 2.5 Ggs chastotada ishlaydigan 8 yadroli Kirin 955 SoC protsessori, 4 GB tezkor hamda 64 GB doimiy xotira, elektr toki sig‘imi 3400 mA soat bo‘lgan chakkumulyator bilan ta’minlangan.

Huawei P9 Plus’ning 730 AQSh dollaridan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Huawei Mate 8

Huawei-Mate-8

Mate 8’ning ekran diagonali 6 dyuymli bo‘lib, akkumulyator ham shunga muvofiq, 4000 mA soat tok sig‘imiga ega. Telefon apparatining displeyi uning old panelining 83% qismini egallagan.

Mobil aloqa vositasi 4000 mA soat elektr sig‘imiga ega akkumulyator, metall korpus va barmoq izlari skaneri kabi jihatlari bilan maqtansa arziydi.

Mobil vosita Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Huawei Mate 8 fableti 1920×1080 piksel sig‘imiga ega 6-dyuymli IPS (LCD – qattiq kristalli displey) turidagi Full HD displeyga, 8 yadroli, eng uzog‘i bilan 2,3 GGs chastotada ishlaydigan HiSilicon Kirin 950 protsessori, 3 GB tezkor hamda 32 GB qo‘shimcha xotiraga ega. U 132 GB.gacha bo‘lgan qo‘shimcha xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, fabletda kuchli Mali-T880 MP4 grafik protsessori hamda sensor-datchiklardagi ma’lumotlarni qayta ishlaydigan  i5 qo‘shimcha protsessori mavjud.

Huawei-Mate-8-front-view

Uning og‘irligi 185 gramm. Gadjetning o‘lchamlari: 157mm x 80mm x 7.9 mm. U 185 gramm vaznga ega.

Mate 8 kamerasi alohida jihatlarga ega. Bosh kamera uchun hozir ommalashayotgan, muayyan o‘zgarish avtofokusiga ega, yorug‘likni qabul qilish diafragmasi f/2.0 bo‘lgan 16 megapikselli Sony IMX298 ob’yektivi o‘rnatilgan. Old kamerada 8 megapiksel sig‘imigacha bo‘lgan surat olish mumkin.

Huawei Mate 8’ning 32 GB doimiy xotiraga ega talqini Amazon xalqaro internet do‘konida $560.00,  Rossiya Federatsiyasidagi internet do‘konlarda esa $579,99 dollardan sotilmoqda. O‘zbekistonning olx.uz onlayn savdo platformasida esa mazkur gadjet turli foydalanuvchilar tomonidan 510 hamda 650 AQSh dollaridan sotuvga qo‘yilgan.

Google Nexus 6P

Nexus-6P

Afzalliklari: original dizayn, Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimi, yuqori sifatli kamera va ovoz uzatish tizimi, tezkor quvvatlash imkoni.

Kamchiliklari: displey yorqinligining yetarli emasligi tashqi muhitda noqulaylik tug‘diradi

Tavsif

Metall qoplamali Nexus 6P 5.7 dyuymli bo‘lib, uning AMOLED turidagi displeyining piksel sig‘imi 1440 x 2560 belgiga teng. Fablet barmoq izlari skaneriga ega.

Google Nexus 6P Qualcomm’ning 2 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli  Snapdragon 810 protsessori, 3 GB tezkor xotira bilan ta’minlangan.

Gadjetning bosh kamerasi 12.3 Mpiks bo‘lib, lazerli avtofokus funksiyasiga, fotochaqnoqqa ega. Qurilmaning old kamerasi 8 Mpiks.

Gadjetda barmoq izlari skaneri, akselerometr, barometr, giroskop, masofa-oraliq datchigi, stereodinamiklar, raqamli kompas kabi sensor va texnologiyalar mavjud.

Google Nexus 6P smartfonining 32 GB talqini Amazon internet do‘konida 498 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.