Zamonaviy flagmanlarning yarim narxidagi OnePlus 3 taqdim etildi

Zamonaviy flagmanlarning yarim narxidagi OnePlus 3 taqdim etildi

2014 yil – Galaxy S5 va iPhone 6 kuchli smartfonlari mobil aloqa bozoriga kirib kelgan bir vaqtda xitoylik nomi chiqmagan kompaniya OnePlus One’ni ularning “kushandasi” sifatida bozorga olib chiqdi. Avvaliga ko‘pchilikning kulgusiga sabab bo‘lgan bo‘lsa ham, OnePlus One 2014 yilning eng muvafaqqiyatli smartfoniga aylandi.

Kuni kecha, 14 iyun kuni OnePlus kompaniyasi taqdim qilgan OnePlus 3 smartfoni ham zamonamizning eng kuchli flagman smartfonlariga qarshi maydonga chiqdi. Va kompaniya bu gal ham insof doirasida innovatsion gadjetni 399 AQSh dollariga baholadi.

OnePlus 3 alyuminiy korpusli smartfon bo‘lib, uning bo‘yi 152.7 mm., eni 74.7 mm., qalinligi 7.35 mm., og‘irligi esa 158 gramm.

Gadjetning yagona plitali, yassi shakldagi korpusi ustiga 5.5 dyuymli  Full HD sig‘imli (1080×1920 pikselli), Optic AMOLED texnologiyada ishlab chiqarilgan displey yotqizilgan. Displey Corning Gorilla Glass 4 yupqa shisha qatlami bilan himoyalangan.

OnePlus-3

6 GB tezkor xotira va kuchli Snapdragon 820 protsessori uning samarali faoliyati uchun javob beradi. Shuningdek, mobil aloqa vositasining doimiy ichki xotirasining sig‘imi 64 GB.

OnePlus 3  Android 6.0.1 operatsion tizimining moslashtirilgan OxygenOS operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

OnePlus 3'да олинган сурат

OnePlus 3’da olingan surat

Uning bosh kamerasida  LED fotochaqnog‘iga ega 16 MP (Sony IMX 298), old kamerasida 8 MP sig‘imli suratlar olish mumkin. Bosh kamerada tasvirni optik barqarorlashtirish, fazali avtofokus funksiyasi mavjud. Unda 4K sig‘imli video yozish mumkin.

oneplus-3

3000 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyator “Dash Charge” tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lib, yarim soatda 60 foizga to‘ladi. Hatto o‘yin o‘ynayotgan yoki video tomosha qilish jarayonida shu holatda quvvat oladi. Qurilma bu jarayonda qizib ketmasligi uchun xavfsizlik choralari ko‘rilgan.

Gadjet korpusida 3.5 mm audio port, USB Type-C  turidagi tezkor quvvatlash porti, barmoq izlari skaneri (displeydagi menyu tugmasiga joylashtirilgan), yaqin masofada turib aloqa o‘rnatish (NFC) texnologiyasi kabi so‘nggi innovatsiyalar joriy qilingan.

OnePlus 3 OnePlus’ kompaniyasi veb-saytida $399 dollardan, ya’ni shu imkoniyatlarga ega flagmanlarning yarim bahosida sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!