Zamonaviy texnologiya dunyodagi eng baxtli mamlakatlarni ham buzmoqda

  •   Saroy
  •  1334
  •  14.08.2018 17:18

Zamonaviy texnologiya dunyodagi eng baxtli mamlakatlarni ham buzmoqda

Osiyoning unchalik katta bo‘lmagan mamlakatiga televideniya va ijtimoiy tarmoqlar kirib kelmoqda, bularning barchasi mahalliy aholining avvalgidek baxtli hayot kechirishiga rahna solyapti.

Baland tog‘lar bag‘rida joylashgan Butan mamlakati «Yer yuzidagi eng baxtli davlat» deb tez-tez tilga olinadi. Mahalliy hokimiyat  iqtisodiyotni rivojlantirishga harakat qilmaydi, ammo milliy baxtning yalpi ko‘rsatkichini joriy qilgan. Qadimiy hayot tarzi butanliklarning ma’naviy sog‘lomligi garovi hisoblanadi. Ammo tobora jadal sur’atlar bilan kirib kelayotgan zamonaviy  texnologiyalar bunday  baxt ko‘rsatkichlariga hademay nuqta qo‘yishi mumkin.

BMTning so‘nggi hisobotida aytilishicha, Butan baxtlilik darajasi bo‘yicha dunyoning 156 ta davlati orasida atigi 97 o‘rinni egallagan. Hukumat buning uchun ijtimoiy tarmoqlarni va televideniyani ayblamoqda. Boshqa rivojlangan mamlakatlardagi hayotni kuzata turib,  butanliklar ham qishloqlardan shaharga kelib yashashni, yaxshiroq maosh beradigan ish topishni istashmoqda, hatto yaxshi yashash ilinjida mamlakatni tark etish istagida bo‘lganlar safi ham tobora kengaymoqda.

Butanliklarning aksariyat qismi hamon o‘zlarini baxtli insonlar deb hisoblaydi. So‘nggi o‘tkazilgan so‘rov natijalariga qaraladigan bo‘lsa, aholining 90 foizi o‘zlarini baxtli deb bilishganini ko‘rish mumkin.  To‘g‘ri, «baxtlilik darajasi» asta-sekin pasayib bormoqda. Hozir butonliklar orasida o‘zini “favqulodda” yoki «o‘ta baxtliman», deydiganlar jami aholining yarmidan ozini tashkil etadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!