Zamonaviy yadro urushi qanday oqibatlarga olib keladi

  •   Saroy
  •  3186
  •  16.10.2018 10:21

Zamonaviy yadro urushi qanday oqibatlarga olib keladi

Shu yilning mart oyida amerikalik analitik va yadro qurollari bo‘yicha mutaxassis Mattias Eken The Conversation jurnalida yadro urushi oqibatlari bo‘yicha o‘zining hisob kitoblari natijasini e’lon qildi.

Shu yilning iyun oyida esa 122 ta davlat vakillari Nyu-Yorkdagi BMT qarorgohida yadro qurolini ta’qiqlash bo‘yicha shartnoma qabul qilish uchun ovoz berishdi. Ushbu hujjatni 50 dan ziyod davlat ratifikatsiya qilgandan keyingina kuchga kiradi. Mazkur hujjatning birinchi moddasida shunday deyiladi.

Har bir a’zo davlat  har qanday sharoitga qaramay yadro quralini ishlab chiqmaydi, sinamaydi, yasamaydi, tayorlamaydi, turli yo‘llar bilan sotib olmaydi, saqlamaydi  va yadro qurollari va portlatish qurilmalarini to‘plamaydi.

Mazkur hujjatni qo‘llab quvvatlayotgan mutaxassislarning eslatishicha, hatto mintaqaviy yadro urushi ham global miqyosda gumanitar va ekologik halokatga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, ikki yadroviy mamlakat rahbarlari bo‘lmish,   AQSh prezidenti Donald Tramp bilan KXDR rahbari Kim Chen In o‘rtasidagi dahanaki aytishuvlar anchayin keskinlashib ketganidan keyin yadro urushi mavzusini muhokama qilish yanada kuchaydi. Shu yil mart oyida amerikalik tahlilchi va yadro qurollari bo‘yicha mutaxassis  Mattias Eken (Matthias Eken)  o‘zining hisob- kitoblarini The Conversation jurnalida e’lon qildi.

Hindiston bilan Pokiston

Eng o‘rganilgan variant, bu Hindiston bilan Pokistonning bir-biriga o‘zaro yadro zarbasini amalga oshirishi, har ikki tomondan 50 tadan raketa otilsa va ular asosan shaharlarda portlasa; mutaxassislarning hisoblashicha, jami 220 jangovar kallaklarga ega ushbu ikki davlat o‘rtasidagi yadroviy urush aynan shunday kechishi mumkin. Agar shunday ssenariy bo‘yicha voqea yuz bersa, portlash va oqibatda yuzaga kelgan yong‘inlar va radiatsiya tufayli  urushning birinchi haftasidayoq kamida 20 million kishi qurbon bo‘ladi. Bu albatta dahshat; Birinchi jahon urushida bundan oz odam halok bo‘lgandi. Lekin atom bombalarning vayronkorlik harakati shu bilan tugamaydi: yong‘inlar, yadro portlashi oqibatida kelib chiqqan olov tutun aralash  qo‘ziqorindek shakl yasab osmonga ko‘tariladi; radioaktiv zarralar stratosferaga tushadi.

Hindiston va Pokiston chegarasi koinotdan olingan tungi surat

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Hindiston-Pokiston o‘rtasidagi yadroviy mojaro atmosferaning yuqori qatlamiga  6,5 tonna radiaktiv materiyani chiqaradi; qurim  va qorakuya quyosh nurini to‘sib qo‘yadi va Yer yuzasidagi o‘rtacha  yillik haroratni  sezilarli darajada pasaytirib yuboradi; Havoning sovub ketishi o‘nlab yillarga cho‘zilishi mumkin.

Yadroviy qish, o‘z navbatida, qishloq xo‘jalikka ta’sir qiladi. AQShda makkajo‘xori hosili (uni yetishtirishdagi eng ilg‘or mamlakat) 12 foizga tushib ketadi. Birinchi o‘n yillikda ob-havoning sovub ketishi natijasida Xitoyda guruch hosili 17 foizga qisqarib ketadi, kuzgi bug‘doy   31 foizga kamayadi.

Dunyodagi hozirda mavjud bo‘lgan don zaxirasi, dunyo bo‘yicha umumiy ehtiyojni uzog‘i bilan 100 kungina qondira oladi. Zaxira tomom bo‘lgach, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi yadro urushi oqibatida yuzaga kelgan yadroviy qish sayyoramiz aholisining qariyb uchdan birini ocharchilikka mahkum etadi. Bu, ikki milliard kishi, deganidir.

AQSh bilan KXDR

Yana bir ssenariy — Shimoliy Koreya bilan AQSh o‘rtasidagi yadro zarbalari. Siyosatchilar hisobicha, yadro arsenali unchalik ko‘p emas, shu bois portlash kuchi Hindiston va Pokiston variantiga qaraganda kamroq bo‘ladi, lekin baribir ko‘plab qurbonlar bo‘lishi aniq. Bundan tashqari, bunday ssenariy sayyoramizning boshqa mintaqalarida ham yadro mamlakatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni kuchaytiradi.

Rossiya bilan AQSh

Bo‘lishi mumkin bo‘lgan ssenariylarning eng yomoni, bu AQSh bilan Rossiya o‘rtasidagi yadro urushi. Ikki davlat yadroviy  kallaklarining qatta qismi  Xirosimani vayron qilgan bombadan 10-50 barobarga qudratliroq.  Agar ikkala davlat ham strategik yadro qurollarini ishga solsa (Tinch ob’yektlarga zarba berishga mo‘ljallangan — shaharlar va infratuzilmalar), atmosferaga 150 tonna qora kuya, tarqaladi va o‘rtacha harorat 8 darajaga tushib ketadi. Bunday sharoitda dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jaligi hosildorligi keskin tushib ketadi va insoniyatning katta qismi oziq-ovqatsiz qoladi.

Bo‘lishi mumkin bo‘lgan ssenariylarning eng yomoni, bu AQSh bilan Rossiya o‘rtasidagi yadroviy urush.

Agar bu insonlar kelisha olmasa..?

Ekenning fikricha, barcha aytib o‘tilgan ssenariyning yuz berish ehtimoli kam va barchaga, ayniqsa siyosatchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari  apokaliptik  ssenariylar va alarmistik ritorikalardan o‘zni tiyishi kerak. Tahlilchining eslatishicha, 2017 yilgacha odamlar turli quvvatdagi 2000 tadan ziyod  atom bombani portlatganlar ammo makkajo‘xori ham, guruch va bo‘g‘doy ham hech narsa bo‘lmagandek o‘sayapti, hosil beryapti. Lekin bu, yadro urushlarga qo‘l siltasa ham bo‘laveradi degani emas: yadroviy jangovar kallaklari va ularni eltuvchi vositalar yadro klubining beshta a’zosida mavjud. Bular, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiya, ulardan tashqari, Hindiston, KXDR  va Pokiston ham yadro quroliga ega; Taxmin qilinishicha,  Isroil harbiylari ham yadro bombasini yaratish bo‘yicha ish olib borgan. Eronning yadroviy dasturi ham ko‘p savollarga sabab bo‘lmoqda. Xullas, yadro quroli portlatilgandan keyin yuzaga keladigan oqibatni aslo esdan chiqarib bo‘lmaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!