Zamonlar osha: Sega Mega Drive yana sotuvga chiqariladi

Zamonlar osha: Sega Mega Drive yana sotuvga chiqariladi

Bundan bir necha oy ilgari Yaponiyaning Sega kompaniyasi o‘zining Genesis (ikkinchi nomi Mega Drive) turkumidagi o‘yin pristavkalarini qayta tiklashi to‘g‘risida turli mish-mishlar tarqalgan edi. Albatta, texnologiya nuqtai nazaridan firmaning bunday qarori biroz g‘alati tuyulishi mumkin. Biroq jahon bozorida mazkur 16 bitli pristavkalarga bo‘lgan talabning yuqoriligi kishini hayratga soladi.

3D News saytining yozishicha, “qayta tug‘ilgan”  Sega Mega Drive pristavkalari TecToy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Qizig‘i, o‘yin joystiklarining dizayni ham o‘zgarishsiz qolgan. Pristavkaga Sega firmasining rasmiy logotipi joylashtiriladi.

sm154553.750

Tashqi tomondan yangi konsollar o‘z o‘tmishdoshridan unchalik katta farqqa ega bo‘lmaydi. Tatbiq etilgan o‘zgarishlardan SD slot va A/V-kabelni alohida aytib o‘tish kerak. To‘plamga 22 ta o‘yin yozilgan (jumladan, Bonanza Brothers, Columns, Golden Axe 2, Kid Chameleon, Out Runners, Sega Soccer, Sonic 3 va boshqalar) SD-karta ham kiritiladi.

Yangi Sega Mega Drive pristavkasining narxi taxminan 125 dollar atrofida bo‘lishi yozilgan.