Zeiss ilk bor Photoshop’ga ega ZX1 kamerasini namoyish qildi

  •   Saroy
  •  268
  •  29.09.2018 15:48

Zeiss ilk bor Photoshop’ga ega ZX1 kamerasini namoyish qildi

1846 yilda tashkil etilgan nemetslarning Zeiss kompaniyasi bir vaqtlar sifatli ob’yektlar ishlab chiqarishi bilan mashhur edi.  Ushbu ob’yektlar boshqa firmalarning apparatlarida keng qo‘llanilardi. Qolaversa, uning Nokia bilan hamkorlik qilgani ham ko‘pchillikka ma’lum. Endi esa kompaniya o‘zining ilk raqamli Zeiss ZX1 kamerasini chiqarayotganini ma’lum qildi.

Kamera Zeiss ZX1 formati 37 Mp bo‘lgan to‘lakadrli matritsaga ega va masofa fokusi 35mm keladigan yechib olinmaydigan ob’yekti mavjud, uning diafragmasi f/2. Sensorli 4,3-dyuymli displey ham bor bo‘lib, u jismoniy klavishlar o‘rniga barcha funksiyani o‘zi boshqaradi. Yana raqamli videoqidiruvga ham ega.

O‘QING:DxOMark reytingida ilk kamerafon "100"dan 94 ball oldi

Ammo, eng muhim yangilik kamerada ekan. U apparatning ichiga yashiringan bo‘lib, unga fotografiyalarni ishlash uchun Adobe Photoshop Lightroom  dasturi o‘rnatilgan. Shu yo‘l bilan suratga olish, uni tahrir qilish va  ijtimoiy tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kameradan joylashtirish mumkin. Internetda ishlash uchun kamera Wi-Fi bilan ishlay oladi. Yana unda bir yo‘la 512 GB bo‘lgan ichki xotira ham mavjud, shunday ekan  SD-kartaga ehtiyoj bo‘lmaydi.

O‘QING:Ixcham Sony DSC-HX350 kamerasiga 50 karrali zumga ega ob’yektiv o‘rnatilgan

Dasturli klavishlariga qaraganda, kamerasiga  modifikatsiyalangan Android o‘rnatilgan. Bu  degani, foydalanuvchilarda fotografiyani qayta ishlash uchun boshqa ilovalarni ham o‘rnatish imkoniyati bor.

Ushbu jihatlar ham aytib turibdiki, Zeiss ZX1 kamerasi professionallar uchun emas, balki, havaskorlar uchundir.  Kameraning narxi hali e’lon qilingani yo‘q, sotuvga kelasi yilning boshlarida start beriladi.

O‘QING:Huawei fotokameralar ishlab chiqaruvchi afsonaviy nemis kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!