“Zenit” Rossiya-Ukraina raketasi Boyqo‘ng‘irdan start oldi

“Zenit” Rossiya-Ukraina raketasi Boyqo‘ng‘irdan start oldi

“Zenit-2sB” raketa-tashuvchisi “Elektro-L” №2 meteorologik sun’iy yo‘ldoshi bilan birga Qozog‘istondagi kosmodromdan uchirildi.

“Elektro-L “ geostatsionar gidrometeorologik sun’iy yo‘ldoshi yordamida Yer yuzasi ko‘z ilg‘aydigan va infraqizil diapazonda kuzatiladi. Sun’iy yo‘ldosh faoliyatiga “Lavochkin nomidagi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi” mas’uldir.

“Elektro-L” №1 apparati 2011 yilning 20 yanvarida uchirilgan, ammo 2014 yil martida oriyentatsiyasini yo‘qotgan. 2014 yil oxiridan beri cheklangan rejimda ishlaydi. “Elektro-L” №3 sun’iy yo‘ldoshini esa 2017 yilda uchirish rejalashtirilyapti

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!