Zominda monitor ishlab chiqarilmoqda

Zominda monitor ishlab chiqarilmoqda

Artel savdo markasi Samsung brendi bilan birgalikda shaxsiy kompyuterlar uchun monitorlar ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirdi. Yangi korxona Jizzax viloyatining Zomin tumanida sobiq mashina-traktor parki o‘rnida qad rostladi. Artel ma’lumotiga ko‘ra, qurilish ishlari shu yilning iyunida boshlanib, avgust oyi oxirida yakuniga yetdi.

Zavodda ikki smenada ish olib boriladi. U yiliga umumiy narxi 30 mlrd so‘m bo‘lgan 200 ming dona monitor ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ishchilar soni 150 nafarni tashkil etadi.