Zopo S2 – to‘rt yadroli va HD ekranli deyarli tekin smartfon

Zopo S2 – to‘rt yadroli va HD ekranli deyarli tekin smartfon

Xitoyning Zopo kompaniyasi Android 6.0. platformasida ishlaydigan o‘ta arzon Zopo S2 modelini sotuvga chiqaradi.

Yangi model 5 dyuymli HD (1280x720) aniqligidagi IPS ekran (2.5D oyna bilan himoyalangan), 4 yadroli 1,3 GGs chastotada ishlaydigan MediaTek MT6580 protsessori, 1 GB tezkor va 8 GB doimiy xotiraga ega. Doimiy xotira sig‘imini microSD-karta yordamida 64 GBgacha kengaytirish mumkin.

Zopo S2 ikkita SIM-karta faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, u 2100 mA/st sig‘imli batareya bilan ta’minlangan. Modelga 5 MPli asosiy va 2 MPli old kamera o‘rnatilgan.

Zopo S2 oktyabr oxirida Yevropada sotuvga chiqariladi. AliExpress platformasida model $59,99 narxi bilan kompaniya mahsulotlari qatorida paydo bo‘lgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!