ZTE Android’da ishlaydigan Ultra HD TV-pristavka tayyorladi

ZTE Android’da ishlaydigan Ultra HD TV-pristavka tayyorladi

ZTE Corporation kompaniyasi Android platformasida ishlaydigan va Ultra HD formatini qo‘llab-quvvatlaydigan TV-pristavka yaratish ustida ish olib bormoqda. ZXV10 B860H kodi bilan nomlanadigan qurilma xalqaro Broadband World Forum 2016 ko‘rgazmasi doirasida rasman namoyish etiladi. Bu haqda kompaniyadagi manbaga tayanib, 3D News nashri ma’lumot bergan.

Yangi gadjetga Amlogic firmasi tomonidan ishlangan SoC  (System-on-Chip) tipidagi protsessor o‘rnatilgan. Protsessor sekundiga 60 ta kadr yangilanishini ta’milaydigan 4K va 2K formatlarini, 10 razryadli rang shkalasi hamda HDR10 va HLG HDR texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Pristavka Android ilovalarga Java (JVM) virtual mashinasida uzluksiz ishlashiga imkoniyat beradi.

panasonic-dx900-1500x1000

B860H qurilmasiga 2 GB tezkor va 8 GB doimiy xotira o‘rnatilgan, HDMI 2.0 interfeysi, Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth 4.1 modullari tatbiq etilgan. Bundan tashqari, Fast Ethernet tarmoq adapteri ham ko‘zda tutilgan.

Hozircha gadjetning narxi borasida ma’lumot berilmagan. Uni shu yilning oxirigacha sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!