ZTE barmoqni skanerlaydigan eng arzon smartfonni yaratdi

ZTE barmoqni skanerlaydigan eng arzon smartfonni yaratdi

Narxi cho‘ntakka xush keluvchi smartfon nomi – Blade A1. Ekspertlar bu o‘z toifasidagi talay xususiyatlarga ega kamyob smartfonlardan biriligini aytishmoqda. Xususan, 94 dollar turadigan bu qurilma barmoq izlarini skanerlay oladi.

ZTE Blade A1 5 dyuymli displeyga ega. Ekran sig‘imi 1280 x 720 piksel. Asosiy kamerasi 13 megapiksel bo‘lsa, old kamera 8 megapiksel. To‘rt yadroli MediaTek MT6735 protsessorining takt chastotasi 1,3 GGs. 2 Gbaytli tezkor, 16 Gbaytli flesh xotirasi bor.

Smartfon Android tizimda ishlaydi. Shu oyning oxiridan Xitoyda sotish boshlanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!