ZTE Blade X5: selfi uchun chiroyli smartfon    

ZTE Blade X5: selfi uchun chiroyli smartfon    

Eng so‘nggi yuqori texnologiyalar qo‘llanilgan smartfon arzon bo‘lmasligiga barchamiz o‘rganib ham qoldik. Lekin texnologiyalar vaqt o‘tib, arzonlay boshlaydi, narxlari ham pasayadi. Biroq barchamiz eng oxirgi, eng so‘ngi model telefonidan foydalanishga harakat qilamiz. Biz sizni ana shunday eng yangi va yaxshi telefonlar bilan tanishtirishda davom etamiz. Nigohimiz nishonida ZTE kompaniyasining Blade X5 smartfoni.

Yorqin va rangli

Motamsaro va bo‘rtirilgan ranglar yo‘q. ZTE Blade X5 qaymoqrang-qora va yorqin-sariq korpusda ishlab chiqarilayapti. Uning suyrisimon to‘g‘ri to‘rtburchakli shakli qo‘lda ko‘tarish uchun qulay va ishonchli. Shuningdek, smartfonni hech bir moneliksiz cho‘ntakka solish va undan olish mumkin.

Barcha tugmachalar odatiy joyda va Blade X5`ni harid qilgan odam uni ishlatishga qiynalmaydi. Biroq klassik boshqaruv nuqtasida ayrim yoqimli qo‘shimchalar bor. Bu haqida keyinroq to‘xtalamiz.

Xitoy smartfonlarida ko‘pincha detallarga ahamiyat qaratilmasligini yaxshi bilamiz. Biroq ZTE ana shunday stereotiplarni “parchalay” oldi. Mazkur smartfonda oddiy, mayda detallargacha e’tibor berilgan. Masalan, ekran chetiga qora xoshiya tortilgan va bu ham dizaynga ko‘rk bergan.

Orqa qopqoq ostida apparatning “ichi” ko‘rinmaydi. Hudud chiroyli plastik panel bilan berkitilgan. Markazida esa ikkita SIM-karta uchun maxsus joy va xotira kartasi uchun yana bir g‘ovak mavjud.

Yaxshi telefon – yaxshi ekran

ZTE Blade X5 ekrani arzon apparatlarga xos bo‘lgan ekran tiniqligining pastligi yoki beo‘xshov burchaklar kabi kamchiliklardan holi. Ekranga HD sifat ko‘rsatikichli IPS-matritsa o‘zgacha tiniqlik bergan va 5 dyuym dioganalga ega0.

Yorug‘lik moslashuvi esa alohida hatti-harakatlarni talab etmaydi. U avtomatik tarzda amalga oshadi. Ya’ni qorong‘uda ekran yorug‘ligi minimal darajaga tushadi va ko‘zga yomon ta’sir etmaydi. Yorug‘ paytda esa aksincha. Foydalanuvchiga qulay bo‘lishi uchun ekran yorg‘uligi avtomatik tarzda maksimal past darajaga yetadi.

Shuningdek, Android`ning an’anaviy interfeysiga ham kompaniya o‘ziga xos yangilik qo‘shgan. Menyudan alohida ravishda maxsus papkaga ish stolidagi barcha ilova hamda belgilarni joylab qo‘yish mumkin. Huddi iPhone`dagi kabi.

Ko‘rkam va chiroyli

Siz orqa paneldagi yirik dumaloq tugmaga e’tibor berdingizmi? Buni odatiy tugmaga yana bir qo‘shimcha, deyish mumkin. Ya’ni mazkur tugma selfi uchun mo‘ljallangan. Siz avvalgidek selfi olish chog‘ida ekraning maxsus tugmasini qidirib yurmaysiz. Shundoqqina ko‘rinib turgan tugmacha bilan selfini osongina amalga oshirasiz. Blade X5`ni qo‘lga olishingiz bilan ko‘rsatkich barmog‘ingiz o‘z-o‘zidan o‘sha tugmacha ustiga tushadi. Sizdan faqat uni bosgan ko‘yi selfi tushirish qoladi, xolos.

“Xo‘p, bunisiga qoyilman, biroq rasmda sifat masalasi qanday?”, dersiz?! Bundan ham xotiringiz jam bo‘lsin. Rasmlar sifati ham a’lo darajada. Buning uchun apparatga beauty-filtr o‘rnatilgan va u bilan qurilmanii o‘zingizga mos qilib sozlash mumkin. Uning yordam yuzdagi ajinlarni tekislash, ko‘z va lablarni ham to‘g‘rilash mumkin. Natijasi, albatta, chiroyli bo‘ladi.

Aytgancha, eng yaxshi rasmlarni bemalol, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ortiqcha ishlovlarsiz, chiqartirib olaverasiz. Chunki rasmlar 8 megapiksellik hajmda saqlanadi. Qolaversa, rasmlarga professional fotorejimda noziklik bilan ishlov berish mumkin. Masalan, tiniqlik, qarama-qarshilik, ekpozitsiya kabi funksiyalar sizga ana shunday imkoniyatni beradi. Qurilmaning bu jihatlari taqsinga loyiq, albatta.

Texnikalar  ishi

Marketologlar arzon telefonlar kuchli bo‘lmaydi, degan fikrni ongimizga singdirib qo‘yishgan bo‘lsa-da, ZTE Blade X5 borasida bunday fikrlab bo‘lmaydi. Qurilma to‘rt yadroli, 1,3 GGs chastotali protsessor va operativ xotiraga ega. Qolaversa, unda HD sifatdagi o‘ynlar o‘ynash, filmlar tomosha qilish mumkin. Qurilma tarmoqda LTE qo‘llay oladi va tezligi ham juda yuqori darajada.

XULOSA

To‘g‘ri bu qurilma flagmen darajasida emas. Agar sizga ZTE Blade X5 uchrasa, arzon va yaxshi smartfon olish niyati bo‘lsa, hech ikkilanmay, sotib olishingiz mumkin. Imkoniyatlarini tavsif bo‘yicha tekshirib, solishtirib ko‘rishni va mulohazalaringizni saytimiz orqali bildirishni unutmang.

Telefon narxi 130 dollar atrofida.

ZTE BLADE X5 texnik tavsifi

Xabarlar va internet

Interfeyslar                  Bluetooth 4.0, USB, Wi-Fi (n)
Xabarlar                               SMS, MMS
Internet                               WAP, EDGE, GPRS
ICQ`ni qo‘llash                   bor

Qo‘ng‘iroqlar

Kuylar turi                         polifoniya, MP3 qo‘ng‘iroqlar

DISPLEY

Turi (texnologiya)             IPS
O‘lchami                                    720×1280 piksel
Ekran diagonali                5 ”
Ranglar miqdori                16000000
Sensorli boshqaruv           bor

RAQAMLI FOTOKAMERA

Foto ko‘rsatkichi                 13 Mpiksel
Avtofokus                               bor
Chaqnoq (vspishka)              bor
Frontal kamera                bor, 8 Mpiksel

MULTIMEDIA

Audiopleyer                             MP3
Quloqchin uchun joy            3,5 mm

PLATFORMA

Protsessor chastotasi         1300 MGs
Operativ xotira                  1 GB
Xotira kartasi joyi        microSD, microSDHC
Operatsion tizim                Android 5.1

QUVVAT

Batareya quvvati                    2400 mAs

Qo‘shimchalar

Antenna                                      o‘rnatma
Sim-kartalar turi              Micro SIM
O‘rnatma qurilmalar          akselerometr, tashqi yorituv datchigi, yaqinlashtirish datchigi

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.