ZTE foydalanuvchi tomonidan o‘ylab topilgan smartfonni tayyorlaydi

ZTE foydalanuvchi tomonidan o‘ylab topilgan smartfonni tayyorlaydi

O‘tgan hafta Xitoyning ZTE kompaniyasi omma e’tiboriga foydalanuvchilar tomonidan taklif etilgan eng yaxshi konseptlarni havola qildi. 19 oktyabrgacha mazkur qurilma konseptlariga internet foydalanuvchilari tomonidan ovoz berilgan. Eng ko‘p ovozga ega bo‘lgan konseptlar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilishi belgilangan. Natijada 3 ta smartfon, ekzo-qo‘lqop va VR shlem finalga yo‘l olishgan. Nigoh bilan boshqariladigan smartfon konseptiga eng ko‘p ovoz berildi.

Nigoh bilan boshqariladigan smartfonga foydalanuvchining ko‘zini kuzatadigan bir nechta kamera va sensorlar o‘rnatilishi talab etiladi. Bunday xususiyatga ega gadjetlar avval ham turli firmalar tomonidan tayyorlangan, biroq ular kutilgan darajada ommalashmagan edi. Kim biladi, balki ZTE foydalanuvchilarga mazkur konseptni o‘ziga xos tarzda taqdim qila olar.

design2-796x309

Bundan tashqari, mazkur smartfon konseptida yana bir xususiyat ko‘zda tutilgan. Konsept bo‘yicha ushbu gadjet yopishqoq orqa panelga ega bo‘lishi tavsiya etilgan. Bunday xususiyat uni to‘g‘ri yuzalarga yopishitirish imkoniyatini beradi (misol uchun devorga). Hozircha ushbu konsept qay tarzda amalga oshirilishiga xitoylik firma aniqlik kiritilmagan.

ZTE mazkur konseptdagi qurilmani AQShda o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida namoyish qilishni rejalashtirgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.