ZTE ilk 5G smartfonni namoyish qiladi

ZTE ilk 5G smartfonni namoyish qiladi

ZTE kompaniyasi joriy oy oxirida Barselonada bo‘lib o‘tadigan Jahon Mobil Kongressida 5-avlod aloqa tarmog‘ida ishlaydigan ilk ZTE Gigabit Phone bilan ishtirok etishini ma’lum qildi.

Beshinchi aloqa avlodi smartfoni internetga sekundiga 1 Gbit tezligida ulanadi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, bu tezlikda onlayn ravishda 360 gradusli virutal reallik videolari yoki o‘ta yuqori sig‘imli roliklarni tomosha qilish mumkin. Telefon AQSh va Avstraliya kabi 5G tarmog‘i yaqin orada keng tarqaladigan mintaqalarda dastlabki sotuvga chiqariladi.

ZTE Gigabit Phone yap-yangi Qualcomm Snapdragon 835 protsessorida ishlaydi. eYLF LTE-modem X16 modemi o‘rnatiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!