ZTE ramkasiz smartfon tayyorlamoqda

ZTE ramkasiz smartfon tayyorlamoqda

Xitoyning ZTE kompaniyasi IFA-2016 ko‘rgazmasi doirasida Nubia seriyasidan joy oladigan ramkasiz smartfonni taqdim etishi kutilmoqda. Kompaniya 31-avgustda o‘tkazilishi belgilangan ushbu smartfon taqdimotiga taklifnomalarni yuborishda davom etmoqda. Aynan mana shu taklifnomadagi slogan ko‘pchilikning shunday xulosaga kelishiga turtki bergan.

Yaqinda ZTE Xitoyda o‘tkazilgan MWC Shanghai ko‘rgazmasida Nubia Z11 gadjetini namoyish qilgan edi. Smartfon Full HD aniqligidagi 5,5 dyuymli ekran, Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan.  Nubia Z11 Android 6.0 Marshmallow versiyasida ishlaydi.

Tez orada Berlinda o‘tkaziladigan IFA-2016 ko‘rgazmasida xitoylik shovvozlarning yangi innovatsiyalariga guvoh bo‘lamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!