Zukerberg 13 yildan so‘ng Facebook yaratilgan yotoqxonaga tashrif buyurdi

Zukerberg 13 yildan so‘ng Facebook yaratilgan yotoqxonaga tashrif buyurdi

Facebook asoschisi, 33 yoshli Mark Zukerberg 25 may kuni Harvard universitetida bitiruvchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi mobaynida universitet yotoqxonasidagi o‘zining qadrdon xonasiga tashrif buyurdi. U aynan shu xonada bundan 13 yil avval Facebook ijtimoiy tarmog‘iga asos solgan.

“Men 13 yil avval tark etgan xonamga bugun yana qaytdim. Bu yer mening hayotimga ko‘plab o‘ziga xos yangiliklar olib kirgan joy”, deydi Mark Zukerberg.

Mark bilan birga, bu yerga uning turmush o‘rtog‘i Prissilla Chan ham tashrif buyurdi. Ular aynan shu universitetdagi Ivy League school kollejida tanishganlar. Texno-magnatning ma’lum qilishicha, u “H33” raqamli xonadagi suratdagi stolda 2004 yilda “thefacebook” tarmog‘ini yaratishga kirishgan.

“Aynan mana shu stolda, shu yerda o‘zimning ixchamgina noutbukimda hammasi boshlangan edi”.

Mark Zukerberg kompaniyasiga asos solish uchun kollejni tashlab, Kremniy vodiysiga ketishga majbur bo‘ladi. 25 may kuni unga ham universitet tomonidan faxriy bakalavrlik darajasi berildi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!