Zukerberg bir necha soatda $3,6 milliardga ega bo‘ldi (Video)

Zukerberg bir necha soatda $3,6 milliardga ega bo‘ldi (Video)

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Zukerbergning Amerikaning NASDAQ birjasidagi mablag‘i bir necha soat ichida 3,6 milliard dollarga ko‘payib ketgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 aprel kuni NASDAQ birjasidagi savdolar yakunlanayotgan bir paytda Facebook’ning bir dona aksiyasining bahosi 108,9 dollarni tashkil etgan va 28 aprel kuni bu narx 117,84 dollarga oshgan.

Natijada Mark Sukerberg dunyoning eng boy 5-kishisiga aylandi. Mart oyida Forbes e’lon qilgan reytingga ko‘ra, Mark Zukerberg 44,6 mlrd dollar bilan 16-o‘rindan 6-o‘ringa ko‘tarilgan edi. Ayni paytda reytingda 51,1 milliard dollar mablag‘i bilan Mark dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi yirik Oracle kompaniyasining asoschisi Larri Ellisondan ilgarilab ketdi.

2016 yilning ilk choragida Facebook 5,38 milliard dollar mablag‘ ishlab topgan. 2015 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 3,5 milliardni tashkil etgan edi. Ekspertlarning ma’lum qilishicha, aksiya bahosining bu qadar ko‘tarilib ketishi kompaniya daromadlarining bir necha marta tushishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kompaniya daromadining asosiy qismi (5,2 milliard dollar)ni tarmoqqa joylashtirilgan reklamalardan oladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!