Atigi 70 dollarga romsiz, «qo‘shko‘z» va daktiloskopli Oukitel C11 Pro smartfoni bor!

  •   DiMaX
  •  2831
  •  15.12.2018 17:46

Atigi 70 dollarga romsiz, «qo‘shko‘z» va daktiloskopli Oukitel C11 Pro smartfoni bor!

Joriy yilning oktyabr oyida Oukitel kompaniyasi o‘zining C11 Pro rusumli yangi smartfonini taqdim etgandi. Ushbu qurilma hamyonbop bo‘lsa-da, nisabatan qimmat smartfonlarda qo‘llanuvchi bir qator texnologiyalarga ham ega.

O‘QING: Romsiz Oukitel K10 eng sig‘imdor – naq 11000 mA/soatlik akkumulyatorga ega! (+video)

Oukitel C11 Pro diagonaliga 5,5 dyuymlik IPS-ekranga ega, uning tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda. Displeyining tasvir aniqligi HD+ formatida, ya’ni 1440x720 piksellik. Ekran romsiz bo‘lgani sababli ham smartfon korpusi birmuncha ixcham (147x70x9.8 mm) chiqqan va qo‘lga yaxshi o‘rnashadi.

Smartfonning samaradorligi uchun to‘rt yadroli MediaTek MT6739 protsessori mas’ul bo‘lib, u 3 gigabaytlik doimiy xotira bilan hamkorlikda ishlaydi. Oukitel C11 Pro doimiy xotirasi 16 gigabaytliik, ammo microSD-karta yordamida uni yana 64 gigabaytgacha kengaytirish imkoni mavjud.

Oukitel C11 Pro afzalliklaridan yana biri – 3400 mA/soat tok sig‘imiga ega bo‘lgan, olinuvchi batareyasidir. Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydigan mazkur gadjet ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zi hamyonbop model bo‘lsa-da, ushbu devaysning kamerasi ham qo‘shaloq – 8 va 2 megapiksellik sensorlarga ega bo‘lib, turli rejimlarda suratga ola biladi. Selfilar uchun ekran ustiga 2 megapiksellik yakka sensorli kamera qo‘ndirilgan.

Umuman olganda, Oukitel C11 Pro narxi o‘zi qimmat emas – 85 AQSh dollaridan boshlanadi. Yangi yil arafasida esa AliExpress onlayn savdo platformasida uni yanada chegirma bilan sotishmoqda. Xullasi kalom, romsiz ekranli, «qo‘shko‘z» kamerali va barmoq izi skaneriga ega bo‘lgan ushbu smartfonni hozirda 69,99 dollarga olish mumkin. Buning uchun ishlab chiqaruvchining AliExpress’dagi o‘z do‘koniga mana bu havola orqali o‘tasiz, u yerda smartfon xususiyatlari va rasmlari bilan batafsil tanishasiz va tegishli tarzda buyurtma berasiz. Agarda onlayn xarid bo‘yicha tajribangiz bo‘lmasa, u holda buyurtma rasmiylashtirishga Terabayt.uz yordam berishi mumkin.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!