Meta yuzdan ortiq tillardan tarjima qilish uchun neyrotarmoqni taqdim etdi

Meta yuzdan ortiq tillardan tarjima qilish uchun neyrotarmoqni taqdim etdi

SeamlessM4T neyron tarmog‘i nutqni va uning transkripsiyasini uzluksiz sinxron tarjima qilishi mumkin.

“Meta” kompaniyasining sun’iy intellekt bo‘limi “SeamlessM4T” — bir tildan boshqa tilga uzluksiz tarjima qilish xizmatini ishlab chiqdi. Bu haqda korporatsiya xabar berdi.

Neyron tarmoq 100 ga yaqin kirish tillarini qo‘llab-quvvatlaydi. U ularning har qandayida nutqni taniy oladi, uni yozma shaklga o‘tkazadi, shuningdek matnlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qiladi.

Shuningdek, “SeamlessM4T ” 36 tilda, jumladan ingliz tilida nutqni sintez qila oladi. Yangi texnologiya, shu jumladan, 100 ta kirish tillaridan biriga sinxron tarjima qilish imkonini beradi.

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, yangi neyron tarmoq universal tarjimonni ishlab chiqishda muhim yutuq bo‘ldi.

“META” hozirda bir nechta turli xil vositalarni o‘z ichiga olgan vazifalarni bajarish uchun bitta ko‘p tilli modelni yaratishni maqsad qilgan.

Buning uchun kompaniya mutaxassislari 270 ming soat davomida ovozli va matnli ma’lumotlar to‘plamidan foydalanganlar.

“SeamlessM4T” ingliz, ispan va boshqa jahon darajasidagi tillardan tashqari kamroq tarqalgan tillarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

“SeamlessM4T” ochiq kodli litsenziya ((CC BY-NC) ostida dasturchilar uchun ochiq. Uni ushbu havola orqali sinab ko‘rish mumkin.

Matnni qayta ishlash 2022 yilda taqdim etilgan “No Language Left Behind” (NLLB) mashina tarjimasi modeli asosida amalga oshiriladi.

U 200 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi va hozirda, masalan, “Wikipediya"da qo‘llaniladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!