AppleGPT – ChatGPT qotili!

AppleGPT – ChatGPT qotili!

Apple kompaniyasi ChatGPT bilan raqobatlasha oladigan sun’iy intellekt vositalari ustida ish olib bormoqda. Bu haqidagi xabarlar avvalroq faqat mish-mish sifatida qabul qilanayotgandi. Ammo Apple rahbari Tim Kuk ilk marta bu xabar rost ekanligini tasdiqladi.

Choraklik hisobot konferensiyasiga ko‘ra, Apple kompaniyasining tadqiqot va ishlanmalarga sarflagan xarajatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 14 foizga o‘sdi va yilning so‘nggi choragida 22,61 milliard dollarni tashkil etdi. Tim Kukning qo‘shimcha qilishicha, Apple uzoq yillar davomida sun’iy intellektni rivojlantirmoqda va bu sohaga katta miqdorda sarmoya kiritmoqda.

Tim Kuk Routers agentligiga bergan intervyusida shunday bayonot berdi: "Biz bir necha yillardan buyon sun’iy intellektning keng ko‘lamli texnologiyalari, jumladan, generativ sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotlar olib bordik. Biz ushbu sohaga sarmoya kiritishda va innovatsiyalar kiritishda davom etamiz, mahsulotlarimizni ushbu texnologiyalar yordamida rivojlantirishga imkon beramiz va odamlarga hayotlarini osonlashtirishga yordam beramiz. Shubhasiz, biz juda ko‘p mablag‘ sarflayapmiz va bu, ko‘rib turganingizdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflangan mablag‘larda o‘z aksini topmoqda."

Apple bosh direktori kompaniya "sun’iy intellekt va mashinaviy ta’limni fundamental texnologiyalar sifatida ko‘rishini va ular Apple yaratadigan deyarli har bir mahsulotga kiritilgan"ligini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, u ko‘p yillar davomida kompaniya generativ sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarga mablag‘ sarflayotganini yana bir bor ta’kidladi.

Ushbu tadqiqot va ishlanmalarning samarasi bozorda qachon aniqroq namoyon bo‘lishini Apple vakillari choraklik tadbirda aniqlik kiritmadilar. Boshqacha qilib aytganda, AppleGPT bozorda qachon paydo bo‘lish vaqti hozircha noaniq.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!