Beeline «Erkin muloqot» xizmatida qo‘shimcha magabaytlar taqdim etmoqda
Beeline aloqa operatori «Erkin muloqot» xizmatiga qo‘shimcha Internet joriy etilgani haqida xabar beradi.
Xizmat «Status+», «Bir», «Klik» va «Status Silver» tarif rejalaridan tashqari avvaldan to‘lov tizimi abonentlari uchun mavjud. Xisobni $1,99 to‘ldirib abonentlar tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun 500 daqiqa, O‘zbekiston bo‘ylab 500 SMS va 15 kunga 200 Mb internet-trafik, shuningdek Facebook, Odnoklassniki, Muloqot.uz, Davra.uz ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlari uchun 200 Mb internet-trafikni qo‘lga kiritadilar. Xizmatni yoqish kodi *110*230#
15 kun mobaynida xizmat qayta yoqtirilsa, daqiqalar, SMS va megabaytlar miqdori qo‘shiladi va ularning amal qilish muddati uzaytiriladi. Qolgan daqiqa va Mb miqdorini *100# kodi orqali, qolgan SMS miqdorini *105# kodi orqali bilish mumkin.