Beeline Namangan viloyatida tarmoqni kengaytirmoqda

Beeline Namangan viloyatida tarmoqni kengaytirmoqda

Beeline aloqa operatori Namangan viloyatining markazida tarmoq qoplami va 3G tarmog‘i hajmini kengaygani haqida xabar beradi.

Namanganda yangi baza stansiyalari ishga tushirilgani natijasida Namangan shahrida, shuningdek Namangan, O‘ychin va Chorvoq tumanlarida signal sifati sezilarli darajada oshdi, deyiladi Beeline’ning Terabayt.uz nashriga yuborgan xabarida.

“Aloqa sifati va ishonchliligi – Beeline ustuvorliklarining asosiy yetakchisidir, — deydi “Unitel”ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov. — Tarmoq kengayishi bo‘yicha ishlar doimiy ravishda olib borilmoqda, tarmoq qoplamini kengaytirishni rejalashtirish chog‘ida esa abonentlarimizning so‘rov va tilaklari ahamiyatga olinadi”.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!