Bill Geyts epidemiyalarga qarshi vaksina yaratadigan jamg‘armaga asos soldi

Bill Geyts epidemiyalarga qarshi vaksina yaratadigan jamg‘armaga asos soldi

Dunyoning eng boy odami Bill Geyts global epidemiyalarga qarshi kurashadigan jami kapitali 460 mln dollarni tashkil qiluvchi investitsion jam g‘armaga asos soldi, deb xabar bermoqda rb.ru.

Geytsning qayd etishicha, hozirda jahonda pandemiya bilan samarali kurashadigan tizim mavjud emas. Shu bois u  CEPI (Coalition for Epidemic Preparedness Innovations) nomli epidemiyalarga qarshi vaksina ishlanmalarini moliyalashtiradigan jamg‘armani ochishga qaror qilgan.

Jamg‘arma ikki turdagi tadqiqotlarga: hali noma’lum viruslarga yoki ayni paytda mavjud epidemiyalarga qarshi (ebola) yaratiladigan vaksinalarga jiddiy ko‘mak berishni rejalashtirgan.  Geytsdan tashqari hozirda fond ishida Norvegiya, Hindiston, Yaponiya va Germaniya mamlakatlari hamda Wellcome Trust nodavlat tashkiloti ishtirok etmoqdi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!