Bluetooth 5: ikki karra tezroq, to‘rt karra uzoqroq

Bluetooth 5: ikki karra tezroq, to‘rt karra uzoqroq

Bluetooth Special Interest Group yangi texnologiyadagi Bluetooth 5 parametrlarini rasman taqdiqlagani haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Hi-Tech.Mail.Ru.

Bluetooth 5 texnologiyasi Bluetooth 4.2 versiyasiga qaraganda 2 marta tezroq ma’lumot uzatishi mumkin. Bluetooth 5 moduliga avvalgi parametrlarga solishtirganda sakkiz marta ko‘p qurilmalarni ulash mumkin. Bundan tashqari, kam energiya sarflash rejimida  (Low Energy, LE) ishlash radiusi to‘rt barobarga ortadi.

Yangi texnologiyada energiya sarfini qisqartirishga e’tibor qaratilgan. Bluetooth 5, asosan, IoT (Internet of Things) sohasiga mo‘ljallangan. ABI Research ekspertlarining qayd etishicha, 2021 yilga borib mazkur segmentdagi qurilmalar soni 48 milliardga yetishi mumkin va ularning uchdan biri aynan Bluetooth orqali o‘zaro bog‘lanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!